Ta "Bavariya" bilan shartnoma imzolaydi. "Bayer" himoyachini kompensaciya evaziga KJCHga qo'yib yuborish taklifini kutmoqda

Alisher Ostonov
24 may 2025
Jonatan Ta "Bavariya"ga o'tishga yaqin turibdi.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, myunxenliklar "Bayer"ni erkin agent sifatida tark etayotgan himoyachi bilan shartnoma tuzishga kelishib olgan.

Leverkuzenliklar xabardor qilingan va endi Germaniya chempioni ular bilan bog'lanib, ma'lum miqdorda tovon puli evaziga 29 yoshli futbolchini klublar o'rtasidagi jahon chempionati boshlangunga qadar qo'yib yuborishni taklif qilishini kutmoqda.

Ta 2015/16 yilgi mavsumdan beri "Bayer" sharafini himoya qilmoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano