Superliganing ishtirokchi jamoalari soni o'zgartirilmaydi - O'FA bayonoti

Sherzod Nurmatov
27 noya 2021, 20:37
Bugun Coca-Cola Superliga-2021 mavsumi o'z nihoyasiga etdi.

"Chempionat oxirgi turgacha qizg'in va murosasiz bahslarga boy bo'ldi. Kuchli uchlikdagi sovrinli poziciyalar va yuqori ligada qolish uchun kurash shiddatli o'tdi. O'FA va PFL chempionat davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, sport principlariga rioya qilishni ustuvor vazifa qildi va bunga qatiy amal qilishda davom etadi. So'nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Superliganing 2022-yilgi mavsumida ishtirokchi klublar soni oshirilishi va chempionatda 16 klub qatnashishi haqida taxminlar yangragandi. Shuni ma'lum qilamizki, O'FA hamda PFL amaldagi reglamentga o'zgartirish kiritmaydi va sport principlariga qatiy rioya qiladi. Keyingi mavsumda Superliganing ishtirokchi jamoalari soni o'zgartirilmaydi. Bu borada tashabbus bilan chiqayotgan mutaxassislarni reglamentni hurmat qilishga chaqiramiz", – deyiladi O'FA rasmiy bayonotida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати