Shavkat Mirziyoev Farg'ona viloyati futbol assotsiatsiyasining markazi va "Neftchi" bolalar akademiyasi faoliyati bilan tanishdi

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 16:42
Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farg'ona viloyati o'zining boy futbol ananalari va istedodli charm to'p ustalari bilan mashhur.

Jumladan, 1962 yilda tashkil etilgan “Neftchi” futbol klubi O'zbekiston Superligasining 6 karra chempioni, mamlakat kubogining 2 karra va superkubokning 1 karra sohibi hisoblanadi. Shuningdek, klub 1994 yilda MDH kubogi finalchisi bo'lgan, 1994-1995 yillarda esa Osiyo chempionlar ligasida bronza medallarini qo'lga kiritgan.

10.jpg11.jpg12.jpg13.jpg

Bugun ham hududda iqtidorli yosh futbolchilarni saralab olish va tayyorlash, malakali murabbiylar zaxirasini shakllantirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

Xususan, professional futbol klublari akademiyalarini rivojlantirishga qaratilgan choralar natijasida 2025 yilda “Neftchi” bolalar futbol akademiyasi tashkil etildi.

4,5 gektardan ortiq maydonni egallagan akademiya 150 nafardan ziyod o'quvchi-yoshlar uchun mo'ljallangan. Bu yerda 6 ta katta va kichik futbol maydoni, zamonaviy tibbiy va reabilitaciya uskunalari bilan jihozlangan fizioterapiya bo'limi faoliyat yuritadi.

14.jpg15.jpg16.jpg17.jpg18.jpg19.jpg

Akademiyada 1,1 million dollarlik sun'iy qoplamali, havo gumbaz bilan yopilgan yopiq futbol maneji barpo etilgan.

Viloyatda futbol muhitini jahon standartlari darajasiga olib chiqish, iqtidorli yoshlarni saralash maqsadida UEFA instruktorlari va boshqa xalqaro mutaxassislar jalb qilingan.

Prezidentimiz akademiyada futbolchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko'zdan kechirdi. Yoshlar bilan muloqot qilib, ularning mashg'ulotlarini kuzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: president.uz