Superliganing har bir klubiga 35 milliard so'mdan ajratilishi rejalashtirilmoqda

Sherzod Nurmatov
26 mar 2026
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

“Agar Prezident qarori loyihasi tasdiqlansa, davlat byudjetidan Superliganing har bir klubiga 2026 yilda 35 milliard so'mdan, 2027 yilda 30 milliard so'mdan, 2028 yilda esa 25 milliard so'mdan ajratish rejalashtirilmoqda”, – deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, "O'zbekneftgaz" akciyadorlik jamiyati 2026 yil boshida “Bunyodkor”, “Nasaf” va “Buxoro”ga homiylik qilishni to'xtatishini ma'lum qilgandi. Bundan tashqari, “Dinamo”, “Surxon”, “Mashal” va boshqa jamoalar klub a'zolari oldida qarzdorlikka ega.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia