Sulsher MYUga qaytsa, qancha maosh oladi?

Mirjalol Normatov
9 yanv 2026
Agarda Ole-Gunnar Sulsher "Manchester Yunayted" bosh murabbiyligiga qaytadigan bo'lsa, oldingidan kamroq maosh oladi.

"Nettavisen" ma'lumotiga ko'ra, uning MYUdagi haftalik maoshi 50 ming funt atrofida bo'ladi va bu mavsum yakuniga qadar 3,1 million funtgacha yetishi mumkin. Agarda u jamoani YCHLga olib chiqadigan bo'lsa, 3-4 million funt atrofida bonus pullarini oladi.

Sulsher 2018-2021 yillar davomida MYUni boshqarganda yiliga 7,2 million funt maosh olgan.

"Beshiktosh"dagi bir yarim mavsumi uchun u turk klubidan 3,6 million evro ishlab olgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Nettavisen