

Uchrashuv mezbonlarning 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Mezbonlar safida o'yinni o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi va to'liq harakat qildi. Quvonarlisi, hamyurtimiz 6-daqiqada penaltidan to'p kiritdi va 43-daqiqada assist qayd etdi. Shomurodov bahsda to'liq harakat qildi. Yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa 70-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va oradan 8 daqiqa o'tib, raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Sofascore nashri kechagi uchrashuv uchun Shomurodovga 7.9 baho qo'ydi. Fayzullaev esa 7,4 bahoga loyiq ko'rildi.





