

“Professional futbolchi Muhammad Saloh bilan 2 yillik kelishuvga erishildi”, – deyiladi xabarda.
34 yoshli Muhammad Salohning oldingi klubi Angliyaning “Liverpul” jamoasi bo'lib, u ushbu yozda mersisaydliklar safini tark etgandi.
“Liverpul” tarkibida Saloh ikki karra Angliya chempioni (2019/2020 va 2024/2025 yilgi mavsumlar), Chempionlar Ligasi (2018/2019) va Klublar o'rtasidagi JCH (2019) g'olibi, shuningdek, Mamlakat kubogi (2021/2022), Angliya Liga Kubogi (2021/2022, 2023/2024), Angliya Superkubogi (2022) va UEFA Superkubogi (2019) sohibiga aylangan.


