

"Hussam Hassan boshchiligidagi Misr futbol terma jamoasi murabbiylar shtabi 29 sentyabrga rejalashtirilgan Janubiy Sudanga qarshi o'yinda maydonning sun'iy qoplamasi sababli Muhammad Salohni maydonga tushirmaslikka qaror qildi. Angolaga qarshi o'yindan oldin milliy terma jamoa murabbiylar shtabi va Muhammad Saloh Janubiy Sudan bilan o'yinda maydonga tushmaslikka kelishib olgan edilar va murabbiylar shtabi futbolchini himoya qilish uchun aynan mana shu variantni maqul ko'rdi", - deyiladi Misr futbol assotsiatsiyasining rasmiy saytidagi bayonotda.



