

7 oktyabr kuni 39 yoshli argentinalik futbolchi milliy terma jamoadagi so'nggi o'yinini o'tkazdi - Beninga qarshi kechgan o'rtoqlik uchrashuvida Messi bitta gol urdi va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.
"Xayrlashuv o'yini juda ham ta’sirli kechdi. Eng muhimi - u bundan zavq olishi edi. Men shunchaki unga: ushbu lahzadan zavqlan, faqatgina Argentina emas, balki butun dunyoning mehrini his et, dedim.
Albatta, bu libosda u juda sog'iniladi, ammo hozir u shu yerda, biz bilan va biz u bizning ixtiyorimizda ekanidan zavq olishimiz kerak. Uning o'zi ham faoliyatini yakunlagan ilk kunidan boshlab umrining oxirigacha terma jamoani sog'inadi. U uchun milliy terma jamoa hamisha alohida ahamiyatga ega - ushbu libosni kiyish imkoniyati bo'lgan. U u yerda yaratgan merosini hamisha yodda tutadi.
Ammo, afsuski, biz uni boshqa bu libosda ko'rmaymiz. Shu sababli hozirda uning yonida bo'lganlar bundan zavq olishlari kerak. Endi u bizniki va men u bilan ishlash imkoniyatiga ega ekanimdan zavq olmoqchiman", - dedi Kili Gonsales.



