

"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slotga esa bu yoqmayapti.

Niderlandiyalik mutaxassisning aytishicha, o'yindan gollar kamayib ketgani sabab u APLni shunchaki zavq olish uchun tomosha qila olmay qolgan:
"Bu menga yoqadimi? Futbolni yaxshi ko'radigan qalbimga bu yoqmaydi. Premer-ligada ko'rayotgan o'yinlarimning ko'pchiligi menga zavq bermay qo'ydi. Balki besh yoki o'n yildan keyin hammasi yana o'zgarar, lekin men U-16 jamoalari o'yinida yoki past ligalarda ham jamoalar standartlarga e'tibor qaratayotgan bo'lsa, hayron bo'lmayman", – dedi Slot.



