

Eslatib o'tamiz, argentinaliklar uchrashuvning 85-daqiqasigacha hisobda orqada borishayotgan edi.
"So'z topolmayapman, bu jamoamiz va muxlislarimiz uchun haqiqiy quvonchdir. Futbolchilar meni hayratda qoldirishdan hech qachon to'xtashmaydi. Ular maydonda ko'rsatayotgan narsalarni tushuntirib berish juda qiyin. Biz haqiqatan ham betakrormiz. Bu insonlar bizni g'alaba sari boshlamoqda", - deya Skalonining so'zlarini keltiradi Argentina terma jamoasining ijtimoiy tarmoqdagi X sahifasi.
Argentina terma jamoasi JCH-2026 finalida Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. O'yin 19 iyul kuni bo'lib o'tadi.



