Turkiya Superligasi. Turg'unboev va Aliqulov jamoalari mag'lubiyatga uchradi

Alisher Ostonov
13 apr 2025
Turkiya Superligasi 31-tur doirasidagi "Sivasspor" - "Fenerbaxche" va "Trabzonspor" - "Rizespor" o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Rizespor" esa mehmonda "Trabzonspor"ga mag'lub bo'ldi. Mezbonlar safida Oleksandr Zubkov dubl qayd etdi.

Mehmonla safida o'zbekistonlik himoyachi Husniddin Aliqulov o'yinda to'liq harakat qildi.


13 apr 2025, 21:00
Trabzonspor — Rizespor
2 – 0
Tugadi


"Sivasspor" o'z uyida 1:3 hisobida "Fenerbaxche"ga mag'lub bo'ldi, mehmonlar g'alabasini Anderson Taliskaning goli va Dushan Tadichning dubli taminladi. Bundan tashqari, mezbonlar vakili Urosh Radakovich 85-daqiqada maydondan chetlatildi.

"Sivasspor" safida Aziz Turg'unboev zaxirada qoldirildi.


13 apr 2025, 21:00
Sivasspor — Fenerbahçe
1 – 3
Tugadi
 



Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia