

Mehmonlar safida o'zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o'yinni asosiy tarkibda boshladi va 75-daqiqada zaxiraga olindi, yarim himoyachi Abbos Fayzullaev esa jarohatdan so'ng safga qaytdi. Xavbek 81-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va 87-daqiqada sariq kartochka oldi. Hamyurtimiz keyingi o'yinni sariq kartochkalar yig'ilib qolgani sabab o'tkazib yuboradi.
O'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Felipe Augusto 73-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi, zaxiradan maydonga tushgan Devi Zelke esa 90+3 daqiqada to'p kiritib, jamoasiga bir ochko olib berdi.
“Istanbul Bashakshexir” Turkiya Superligasida 30 turdan so'ng 48 ochko bilan beshinchi, “Trabzonspor” esa 65 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.





