Bernardu Silva Ronaldu va Portugaliya terma jamoasidagi sardorlik mas'uliyati haqida fikr bildirdi

14 noya 2026, 00:55
Portugaliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bernardu Silva Millatlar ligasi guruh bosqichining 5-turidan o'rin olgan Daniyaga qarshi uchrashuv oldidan hujumchi Krishtianu Ronaldu va milliy jamoa sardorligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv 14 noyabr, shanba kuni Braga shahridagi "Municipal-di-Braga" stadionida bo'lib o'tadi.

"Ronaldudan keyingi davrmi? Krishtianu uzoq yo'lni bosib o'tdi. Menga 12 yil davomida uning yonida bo'lish nasib etdi. Albatta, bu juda afsusli, ammo bu kun ertami-kechmi kelishi kerak edi. Biz olg'a harakatlanyapmiz, Krishtianuga munosib hurmat ko'rsatishga va milliy jamoa uchun qilgan barcha ishlari uchun unga minnatdorlik bildirishga harakat qilyapmiz. Uning o'rnini yangi avlod egallamoqda - hayot shunday.

Sardorlikka kelsak, bu men uchun ulkan faxr. Mas'uliyat faqat bir futbolchining zimmasiga tushmaydi - avval ham shunday bo'lgan, bundan keyin ham shunday bo'ladi. U tajribaliroq futbolchilar o'rtasida taqsimlanadi. Biz yosh futbolchilarning jamoaga moslashishiga yordam berish, kiyinish xonasida sog'lom muhitni taminlash, shuningdek, terma jamoadagi ish va fidoyilikning eng yuqori standartlarini saqlab qolish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz", - dedi Bernardu Silva.

O'xshash yangiliklar


Manba: Record