

Bahsning 10 daqiqasida "Bashakshehir" futbolchisi Ebosele to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka bilan jamoasini qiyin ahvolda tashlab ketdi. Biroq mezbonlar birinchi bo'lib gol urishdi. Dastlabki bo'lib Eldor Shomurodovning goli bilan yakun topdi. Shunga qaramay "Trabzonspor" raqib kamchilik ekanligidan foydalandi va 101 daqiqadagi gol evaziga irodali g'alabaga erishdi. Abbos Fayzullaev ushbu uchrashuvda zaxirada qoldi.
Ushbu bahsda gol kiritgan Shomurodov va Onuachular 9ta to'p bilan liga to'purarlariga aylanib olishdi.
Turkiya Superligasi, 13-tur
"Istanbal Bashakshehir" - "Trabzonspor" 3:4
Gollar: Selke 22 (pen.), Shomurodov 45, Yildirim 90+1 - Felipe Augusto 37, Onuachu 76 (pen.), Muchi 77, Muchi 90+11.
"Istanbal Bashakshehir": 16.Muhammad, 6.Onur, 5.Duarte, 27.Ba, 36.Ebosele, 20.Umut, 8.Kemen, 23.Deniz, 14.Eldor Shomurodov, 25.Xarit, 9.Selke.
Zaxira: Dog'an, Berat, Opoku, Brnich, Da Kosta, Abbos Fayzullaev, Bertug, Krespo, Kaluzinski, Omer Ali.



