Turkiya kubogi. "Istanbul Bashakshexir" g'alaba qozona turib mag'lubiyatga uchradi va musobaqadan chiqib ketdi, Shomurodov va Fayzullaev to'liq harakat qildi

Alisher Ostonov
4 mar 2026
Turkiya kubogi 4-bosqich doirasidagi "Istanbul Bashakshexir" - "Trabzonspor" o'yini bo'lib o'tdi.

Mezbonlar safida hujumchi Eldor Shomurodov va yarim himoyachi Abbos Fayzullaev o'yinni to'liq maydonda o'tkazishdi. Shomurodov 38-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.

Bahs esa 4:2 hisobida "Trabzonspor" foydasiga hal bo'ldi. "Bashakshexir" 79-daqiqada Usseynu Baning chetlatishidan so'ng maydonda o'n kishi bo'lib qoldi va shundan so'ng ikkita to'p o'tkazib yubordi. Istanbulliklar endilikda bor e'tiborini Superligaga qaratishadi.


3 mar 2026, 22:30
İstanbul Başakşehir — Trabzonspor
2 – 4
Tugadi




Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia