

Alvares JCH-2026 vaqtida Madrid klubini tark etish istagini bildirgan so'zlari uchun uzr so'radi.
"Jahon chempionatidagi so'zlarim uchun muxlislarimizdan uzr so'rayman. Bu xato edi - ularni aytish tarzim, vaqti… Muxlislarni tushunaman. Ayniqsa, ularning men kelganimdan beri ko'rsatayotgan qo'llab-quvvatlovini hisobga olsak. Ular menga nisbatan juda saxovatli bo'lishdi. Endi mening navbatim - mehnat qilish va bor kuchimni berish. Va menga yordam bergan jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashidan minnatdorman.
Men o'zimni tobora yaxshiroq his qilyapman. Sheriklarim meni hamisha qo'llab-quvvatlashdi. O'zimni yaxshilash ustida ishlayapman, jismoniy jihatdan yaxshiroq his qilyapman, to'pni yaxshiroq nazorat qilyapman", - deydi Alvaresning so'zlarini AS nashri.



