

El Chiringuito nashri xabariga ko'ra, "matraschilar" bosh direktori Migel Anxel Xil Marin agar forvard 2026/2027 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 20 ta gol ursa, uning tovon pulini kamaytirib berishini vada qilgan.
Yozda Alvaresga "Barselona" qiziqish bildirgan edi. Futbolchining o'zi ham jamoani o'zgartirish istagi borligini aytgandi. O'tgan mavsumda 26 yoshli hujumchi madridliklar safida barcha turnirlarda 49 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi. Undan bir yil oldin esa 57 ta uchrashuvda 29 ta to'p kiritib, 8 ta assist qayd etgandi.



