Shveytsariya kelajagi deya etirof etilgan futbolchi "Borussiya M" klubiga o'tdi

"Shalke" hujumchisi Brel Embolo Myunxengladbaxning "Borussiya" jamoasiga o'tdi.

Shveytsariyalik forvard yangi jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Transfer miqdori 10 million evro atrofida deya ma'lumot berilgan. Embolo 2016 yildan beri "Shalke" sharafini himoya qilib kelayotgandi. 22 yoshli hujumchi o'tgan mavsum 28 o'yinda maydonga tushib 6 ta gol urdi va 4 marta golli uzatma muallifiga aylandi. 



Kelajak g'unchasi


Manba: borussia.de