"Bavariya" top-5 liga klublar orasida tarixdagi eng yaxshi natijani qayd etdi

Khoja
26 okt 2025
Kecha "Bavariya" klubi Bundesliga 8-turi doirasida "Borussiya M"ni mehmonda 3:0 hisobida mag'lub etdi.

Myunxen klubi 2025/26 yilgi mavsumni ajoyib tarzda boshladi va 13 uchrashuvning barchasida 47:9 to'p farqi bilan g'alaba qozondi.

Bu Yevropaning top-5 ligasi jamoalari uchun tarixdagi eng yaxshi starti hisoblanadi.

Nemis klubiga qadar eng yaxshi natijani "Milan"  1992/93 yilgi mavsumda qayd etgandi. O'shanda milanliklar ham mavsumning dastlabki 13 bahsda g'alaba qozonishgan. Biroq ularda gollar nisbati 45:13 edi.


KhojaMuallif
Manba: Bild