Shomurodov rekord o'rnatdi

28 iyun 2026, 08:50
O'zbekiston MTJ sardori Eldor Shomurodov JCH tarixidan joy olishi mumkin.

Sababi Eldor Shomurodovning DR Kongoga qarshi o'yinda kiritgan goli kutilayotgan gollar (xG) nuqtayi nazaridan 2026 yilgi jahon chempionatidagi urilish ehtimoli eng kam bo'lgan gol bo'ldi. Uning ko'rsatkichi bor-yo'g'i 0,013 xGni tashkil etdi, deb xabar bermoqda "OptaJose" o'zining "X" ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

Eslatib o'tamiz, 3:1 hisobida afrikaliklar g'alabasi bilan yakunlangan bahsda Shomurodov 10-daqiqada hisobni ochgandi. Uning ushbu goliga Akmal Mozgovoy assistlik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: OptaJose