Eldor Shomurodov: "0 ochko olgan ekanmiz, demak bu bizning o'rnimiz!"

28 iyun 2026, 07:21
Bugungi uchrashuvda yagona golimiz muallifi Eldor Shomurodov o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Endi biz zaif tomonlarimizni bilamiz. Jahon chempionati darajasida o'zimizni sinab ko'rdik. Kolumbiya va Portugaliya o'yinlari esimizda qoladi. Agar biz 0 ochko to'plagan ekanmiz, demak bu bizning o'rnimiz. Endi asosiysi o'sish. Muxlislarni xursand qila olmaganimiz uchun ulardan uzr so'rayman", - dedi terma jamoamiz sardori.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zi uchun tarixiy Jahon chempionati K guruhida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5, Kongo Demokratik Respublikasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib, kvartetda so'nggi o'rinni egalladi.

DSC_7100 (1).JPG

O'xshash yangiliklar


Manba: Olamsport.com