Kanada bosh murabbiyi: "O'ylaymanki, O'zbekiston bizga yaxshi raqib bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
1 iyun 2026, 15:30
Kanada bosh murabbiyi Jessi Marsh O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Edmontondagi muxlislarni ko'rishdan hayajondamiz. Futbolchilarda u yerdagi qorli sovuq kechada o'tkazgan o'yinlar haqida yaxshi xotiralar qolgan. Shuning uchun bu shaharda iliq ob-havoda bo'lish ajoyib bo'lardi.

O'ylaymanki, O'zbekiston bizga yaxshi raqib bo'ladi. Stadion muxlislar bilan to'lib toshadi degan umiddaman. Monrealda ham bizni xuddi shunday kutib olishadi, shuning uchun Kanada zaminiga qadam qo'yishdan, muxlislarimiz bilan birga bo'lishdan, ularning energiyasini his qilishdan juda xursandmiz va jamoamiz jangga tayyor", – dedi 52 yoshli mutaxassis.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da "Commonwealth" stadionida start oladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia