Gvardiola: "Sherki - men ko'rgan eng iqtidorli o'yinchilardan biri"

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026, 14:25
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi Rayan Sherkining istedodidan hayratda.

Ispaniyalik murabbiy yakshanba kuni "Chelsi"ga qarshi Premer-liga o'yini oldidan francuz futbolchisining o'yinidan hayratdaligini bildirdi.

"Sherki - men ko'rgan eng iqtidorli o'yinchilardan biri. U meni hayratda qoldirdi. Umid qilamanki, bu yerda ko'p yillar o'ynaydi, chunki u yuqori darajadagi futbolchi bo'lish uchun barcha fazilatlarga ega", – dedi Gvardiola.

Rayan Sherki o'tgan yilning iyun oyida "Lion"dan "Manchester Siti"ga qo'shilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Touchline