FIFA ASEAN Cup 2026: Trillerga aylangan o'yinda Indoneziya Tailandni penaltilar seriyasida mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
5 okt 2026, 21:46
FIFA ASEAN Cup 2026 musobaqasi doirasida kechgan Indoneziya hamda Tailand terma jamoalari o'rtasidagi bahs haqiqiy trillerga aylandi.

Asosiy va qo'shimcha vaqti 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlangan bellashuvda Indoneziya penaltilar seriyasida 4:2 hisobida zafar kuchdi.

Bahsni Ahrol Risqullaev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib bordi.

Uchrashuvda hisob 84-daqiqada Jeyms tomonidan ochildi. Tailand tarkibida 81-daqiqada Mikkelson ikkinchi sariq kartochkasini olib maydondan chetlatilganiga qaramay, oradan uch daqiqa o'tib Sanron muvozanatni tiklashga erishdi - 1:1.

Qo'shimcha bo'limlarda bir kishi kam bo'lib o'ynayotgan Tailand Chamratsamining 111-daqiqadagi goli evaziga oldinga chiqib oldi. Biroq 116-daqiqada Baggott Indoneziyaning javob to'pini kiritib, muvozanatni tikladi - 2:2.

Lotereyaga aylangan penaltilar seriyasida esa omad va mahorat Indoneziya futbolchilariga hamrohlik qildi - 4:2.

FIFA ASEAN Cup 2026, final

Indoneziya - Tailand 2:2 (penaltilar bo'yicha - 4:2)

Gollar: D. Jeyms (84), E. Baggott (116) - I. Sanron (87), P. Chamratsami (111). Chetlatish: N. Mikkelson (81, Tailand).

Bosh hakam – Ahrol Risqullaev

Yordamchi hakamlar – Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov

Zaxira hakami – Ibrohim Ismoilov

VAR hakami – Akobirxo'ja Shukurullaev

AVAR hakami – Alisher Usmonov

RAR hakami – Islom Azimov

503878.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia