

Manbaga ko'ra, tomonlar JCH-2030’ga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekish arafasida.
53 yoshli Yalchinning so'nggi ish joyi "Beshiktosh" bo'lib, u klubni may oyida tark etgandi. Avvalroq mutaxassis Istanbul jamoasini boshqargan va 2020/21 yilgi mavsumda ular bilan Turkiya chempionati hamda Kubogida g'olib chiqqandi.
Shuningdek, Yalchin murabbiylik faoliyati davomida "Antalyaspor", "Alanyaspor", "Konyaspor", "Eskishehirspor", "Kayserispor", "Gaziantepspor" va "Sivasspor" klublarida ishlagan.
Turkiya terma jamoasining avvalgi bosh murabbiyi Vinchenco Montella bo'lib, uning iste'fosi oktyabr oyida e'lon qilingandi. Uning qo'l ostida jamoa 2026 yilgi Jahon chempionatida guruhdan chiqa olmadi, so'ngra Millatlar Ligasining dastlabki to'rtta o'yinining barchasida mag'lubiyatga uchradi - Fransiya (0:1), Italiya (1:4, 1:3) va Belgiya (0:3).



