Segovia Telasko: "O'zbekistonga qarshi o'yin qiyinroq bo'lishi aniq"

Абдулвосит Бектемиров
30 mar 2026, 14:50
Venesuela terma jamoasi a'zosi Segovia Telasko O'zbekiston terma jamoasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Dastlabki o'yinimiz juda qiziqarli bo'ldi. Birinchi bo'lim reja qilganimizdek chiqmadi, ammo yakunda barchasini to'g'rilay oldik va g'alaba qozondik. O'zbekiston terma jamoasini kuchli deb ayta olaman. Ular mundialga borishmoqda. Tarkibidagi kuchli futbolchilar bor ekanligini bilaman. Ular mundialga yaxshi tayyorgarlik ko'rish bilan band bo'lishsa kerak. O'zbekistonga qarshi o'yin qiyinroq bo'lishi aniq", - dedi "Inter Mayami" futbolchisi.

Eslatib o'tamiz, FIFA Series musobaqasi doirasidagi O'zbekiston - Venesuela uchrashuvi bugun soat 19:00da “Bunyodkor” stadionida o'tkaziladi.

segovia.jpg


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: