Sanjar Rihsiboev : “Qo'qonda bizni shiddatli o'yin kutmoqda”

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016
“Qo'qon-1912” - “Cug'diyona” uchrashuvidan oldin mehmonlar yarim himoyachisi Sanjar Rihsiboev o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bizni juda qiyin va shiddatli o'yin kutmoqda. Biz safarda o'ynamoqdamiz. “Qo'qon-1912”ga ham ochko juda muhim. Bizga ham kerak, chunki oxirgi bahslarda ochko yo'qotdik.  “Paxtakor” jamoasi bilan uyinda bizga omad yetishmadi. Yoshlar tarkibida ham uynadim va  durrang natijani qayd etdik. Biz bo'lajak bellashuvda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

- No'mon Hasanovni “Qo'qon-1912” jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishi, “Qo'qon-1912”ning aynan “Cug'diyona”ga qarshi jiddiy tayyorgarlik qilgani haqida ommaviy axborot vositalari orqali kuzatdik. Bu haqida fikringiz qanday?

- Bu murabbiy qo'l ostida “Paxtakor” jamoasi chempion bo'lgan. Birinchi  o'yinlari albatta bor diqqatlarini bizga qarshi uyinga qaratadi. Bizda ortga yo'l yo'q. Faqat g'alaba uchun harakat qilamiz.

Dildora Xolboeva suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia