Saloh jarohatidan tuzaldi

Sherzod Nurmatov
14 may 2026, 19:30
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh mushaklaridan olgan jarohatidan so'ng safga qaytdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

33 yoshli misrlik futbolchi Angliya Premer-ligasi 37-turi doirasida "Aston Villa" bilan o'yinda maydonga tushadi. Uchrashuv 15 may kuni Birmingemda bo'lib o'tadi.

"Muhammad atigi bir necha daqiqa o'ynay oladi, lekin umid qilamanki, u maydonga tusha oladi", – dedi bosh murabbiy Arne Slot.

Saloh ushbu mavsum "qizillar" tarkibida 39 o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 9 ta golli pas uzatdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: liverpoolfc.com