

Bu haqda "TEAMtalk" ma'lum qildi.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli italiyalik yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida jamoasini o'zgartirishga tayyor. "Manchester Yunayted" faol ravishda chap qanot himoyachisi ham qidirmoqda. Avvalroq italiyalik futbolchiga "Manchester Siti" qiziqish bildirgandi.
"Yuventus" futbolchi uchun 60 million evro so'raydi. U 2022 yilning iyulidan buyon "Yuventus"da. Uning shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
Himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 45 o'yinda 3 ta gol urdi va 5 ta golli pas uzatdi Transfermarkt uning transfer qiymatini 30 million evroga baholamoqda.



