

"Qizil iblislar"ning 23 yoshli yarim himoyachiga bo'lgan qiziqishi sezilarli darajada oshdi. Yaqin kunlarda klub futbolchining transferi bo'yicha "o'rmonchilar" bilan rasmiy muzokaralar olib borishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, "Nottingem Forest" Andersonni saqlab qolish uchun maksimal darajada harakat qilishga tayyor. Klub rahbariyati futbolchi uchun juda katta mablag' talab qilishi aytilmoqda.
Bu mavsumda Anderson barcha musobaqalarda 48 ta o'yin o'tkazib, to'rt marta raqib darvozasini ishg'ol qildi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.



