"Liverpul" Fransiyadan Salohga o'rinbosar topdi

Sherzod Nurmatov
12 may 2026, 19:55
"Qizillar" "Monako" vingeri Magnes Akliushni sotib olmoqchi.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchi 2026 yilning yozida ingliz klubini erkin agent bo'lib tark etadigan Muhammad Salohning o'rnini bosishi ko'zda tutilmoqda.

"Liverpul" "Monako"ning futbolchi uchun 50 million evrolik talabidan xavotirda emas. Agar londonliklar Premer-ligada qolsa, mersisaydliklar "Tottenxem" bilan raqobatga duch keladi.

3.jpg

Akliush "Monako"da 2022 yilning iyulidan beri harakat qiladi. Uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Yarim himoyachi 2025/26 yilgi mavsum 42 o'yinda 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 50 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe