Championat.asia'dan eksklyuziv. Erling Xoland: "Husa" ingliz tilini o'rgandi. U kelajakda bizga juda kerakli bo'ladi"

Khoja
21 yanv 2026
Saytimiz jurnalisti Abdulvosit Bektemirov "Budyo Glimt" - "Manchester Siti" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar hujumchisi Erling Xoland bilan eksklyuziv flesh-intervyu uyushtirdi.

- Bugungi uchrashuvning birinchi ro'y bergan voqeyliklarni tushuntirib bera olasizmi? Jamoa ikki daqiqada ikkita gol o'tkazib yubordi...

- To'g'risini aytsam, buning sababini tushuntirib berolmayman. Menimcha, biz juda yaxshi boshladik, o'yinni yaxshi nazorat qildik, to'p ko'p vaqt bizning nazoratimiz ostida edi. Shunday bo'lsa-da, raqib yo'q joydan gol urib ketdi, keyin yana bir bor huddi shunday gol urishdi. Shuning uchun hech qanday izohim yo'q. Biz qo'limizdan kelgancha harakat qildik, lekin bu etarli bo'lmadi. Endi faqat uzr so'rashimiz kerak, xolos.

Bugungi uchrashuv siz uchun alohida ahamiyatga ega edimi? O'z vataningizda o'ynadingiz. Balki yaqinlaringiz yoki oila a'zolaringiz bugungi uchrashuvni stadiondan kuzatishgandir?

- Albatta, Norvegiyaga qaytish va Chempionlar Ligasida ilk marotaba ishtirok etayotgan "Budyo"ga qarshi maydonga tushish men uchun ko'p narsani anglatadi . Shubhasiz, bu o'ziga xos uchrashuvd va men bugungi o'yin natijasi yaxshiroq bo'lishini istardim, ammo afsuski unday bo'lmadi.

- Abduqodir Husanov va Habib Nurmagomedov qatnashgan o'sha video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqadi. Siz Husanov bilan qanday muloqot qilasiz? U hozir ingliz tilida gaplasha oladimi?

- Ha, u ingliz tilini o'rgandi. Biz birgalikda ingliz tilida gaplashamiz. Husa juda yaxshi yigit va u o'sishda davom etishi kerak. Qanday o'yinchi ekanligini isbotlashi lozim. Chunki u kelajakda bizga juda kerakli bo'ladi, shuning uchun u diqqatini bir joyga jamlashi va mehnat qilishda davom etishi kerak.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia