Rustam Ashurmatov: "Janubiy Koreyadagi faoliyatim yakuniga etdi"

Mirjalol Normatov
14 fev 2022
O'zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov "Kanvon" jamoasidan ketganini ma'lum qildi.

Futbolchi o'zining tvitter sahifasida Janubiy Koreyadagi faoliyati yakunlanganini va oldida yangi chaqiruvlar borligini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, Rustam Ashurmatov 2019 yilgi mavsum boshida "Kvandju" jamoasi tarkibiga borib qo'shilgandi. Oradan ikki yil o'tib, 2021 yil startida esa "Kanvon" jamoasiga o'tdi.

U Koreya K-Ligasida 38 o'yinda maydonga tushib, 2 gol va 1 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ashurmatov_2