O'zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o'yinlarining pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
21 sen 2026, 14:11
Osiyo o'yinlari ayollar futboli musobaqasining "G" guruhi 3-turidan o'rin olgan O'zbekiston hamda Gonkong terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv o'z nihoyasiga etdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 2:1 hisobidagi muhim g'alabani qayd etishdi.

Uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasining gollariga 35-daqiqada Diyoraxon Habibullaeva hamda penaltidan Maftuna Shoyimova mualliflik qildi. Gonkongliklar safida esa Chang Chung 55-daqiqada yagona javob to'pini kiritdi.

Ushbu natijadan so'ng O'zbekiston ayollar terma jamoasi guruhda 5 ochko jamg'arib, ikkinchi o'rinni egalladi va keyingi bosqichga yo'llanmani naqd qildi. Mazkur guruhda Xitoy 7 ochko bilan birinchi, Filippin esa 4 ochko bilan uchinchi o'rinni band etdi va ushbu uch jamoa ham pley-offga yo'l oldi. Gonkong terma jamoasi esa ochkosiz so'nggi pog'onada qolib, musobaqa bilan xayrlashdi.

O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvni quyidagi asosiy tarkibda boshladi: M. Jonimqulova, N. Qudratova, I. Ablyakimova, D. Habibullaeva, M. Shoyimova, U. Zoirova, Z. Mamatkarimova, L. Karachik, M. Egamberdieva, L. Oraniyazova, S. Qo'chqorova.

photo_2026-09-21_12-39-02.jpgphoto_2026-09-21_12-39-08.jpgphoto_2026-09-21_12-39-10.jpgphoto_2026-09-21_12-39-12.jpgphoto_2026-09-21_12-39-25.jpgphoto_2026-09-21_13-12-29.jpgphoto_2026-09-21_13-17-47.jpg

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати