Rossiya chempionatining eng yaxshi futbolchilaridan biri faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi

7 iyul 2026, 17:40
"Krasnodar" sardori Eduard Spercyan faoliyatini Saudiya Arabistonning "Al Ahli" jamoasida davom ettiradi.

Hujumkor yarim himoyachi Saudiya jamoasi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Uning yillik maoshi tahminan 6 million evroni tashkil qiladi.

Ma'lumot uchun, Eduard Spercyan 2021 yildan beri Rossiya jamoasida faoliyat olib borayotgandi. U yakunlangan mavsumda jami 42 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 14 ta gol va 18 ta assist bor.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.com