

Unda rossiyaliklar 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Uchrashuvda hisob 3-daqiqadayoq ochildi. Sadullaev raqib darvozasini ishg'ol qildi. 16-daqiqada esa hisob tenglashdi. Achevedo terma jamoadagi ilk golini Matvey Safonov darvozasiga kiritdi.
Ikkinchi bo'lim boshida Reyes maydondan chetlatildi. Bahs yakuniga qadar Rossiya termasi yana ikkita gol urdi.
Qayd etish kerak, uchrashuvni o'zbekistonlik hakamlar boshqarib borishdi. Abdurashid Xudoyberganov maydonda bosh hakam sifatida ishlagan bo'lsa, Sanjar Shoyusupov hamda Akmal G'iyosov qanotlarda yordam berishdi.
Rossiya - Nikaragua 3:1
Gollar: Lechi Sadullaev (3), Konstantin Tyukavin (45+3-penalti), Aleksandr Golovin (83) - Oskar Achevedo (16).
Rossiya: Matvey Safonov (Anton Mitryushkin, 67), Valentin Palcev (Ilya Vaxaniya, 67), Ruslan Litvinov, Evgeniy Morozov, Mingiyan Beveev, Danil Prucev (Dmitriy Barinov, 83), Daniil Fomin (Maksim Petrov, 67), Nail Umyarov (Matvey Kislyak, 67), Lechi Sadullaev (Georgi Melkadze, 67), Yaroslav Gladishev (Kiril Glebov, 46), Konstantin Tyukavin (Aleksandr Golovin, 67).
Nikaragua: Adonis Pineda, Evert Martines, Yusting Kano, Kristian Reyes, Marlon Lopes (Jeyson Koronel, 75), Rivera Styuart (Xose Kixano, 46), Yakob Montes, Bayron Bonilla (Jonatan Monsada, 87), Oskar Achevedo (Joab Guteres, 75), Xuan Barrera (Xose Martines, 87), Xorxe Garsiya (Bansi Ernandes, 64).
Ogohlantirish: Valentin Palcev (52) - Oskar Achevedo (42).
Chetlatish: Kristian Reyes (47).



