Ronalduning Portugaliya terma jamoasi ixtiyoriga qachon qaytishi ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
6 iyun 2024
Krishtianu Ronaldu Finlyandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini (4:2) o'tkazib yubordi - Portugaliya terma jamoasi forvardi dam olish uchun qo'shimcha vaqt oldi.

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Ronaldu qachon jamoaga kelishini aytdi. 

“Ruben Nevesh va Krishtianu Ronaldu 7 iyun kuni terma jamoa ixtiyoriga kelishadi. Ular Xorvatiyaga qarshi o'yinni o'tkazib yuborib, Irlandiyaga qarshi bahsda mayydonga tushishadi”, - dedi Martines jurnalistlarga.

Portugaliya terma jamoasi 8 iyun kuni Xorvatiyaga qarshi, 11 iyun kuni esa Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi. Portugallar Evro-2024 doirasidagi ilk o'yinni 18 iyun kuni Chexiyaga qarshi o'tkazadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: uefa.com