

Bu haqda Braziliya futbol konfederatsiyasi rasmiy sayti xabar berdi.
Futbolchi Misr terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yinida (2:1) jarohat olgan, tibbiy ko'rikda uning chap sonidagi mushagi shikastlangani aniqlangan. Himoyachi o'rniga "Atalanta" yarim himoyachisi Ederson chaqirildi.
Yarim himoyachi o'tgan mavsum klub safida barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda uchta gol va golli uzatmani amalga oshirdi.
Braziliya terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatida “C” guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya jamoalari bilan o'ynaydi.


