

E'tiborli jihati shundaki, so'rovnomada ishtirok etgan besh nafar futbolchining uch nafari mundialda qo'shni O'zbekiston terma jamoasini qo'llab-quvvatlashini bildirgan.
Futbolchilarning tanlovi bilan batafsil tanishing:
Vahdat Xanonov: Muxlislik qiladi – Argentina; Favorit hisoblaydi – Argentina.
Zoir Jo'raboev: Muxlislik qiladi – O'zbekiston; Favorit hisoblaydi – Fransiya, Ispaniya, Angliya, Portugaliya.
Shervoni Mabatshoev: Muxlislik qiladi – O'zbekiston; Favorit hisoblaydi – Ispaniya.
Salohiddin Irgashev: Muxlislik qiladi – Argentina; Favorit hisoblaydi – Argentina, Ispaniya, Fransiya, Braziliya.
Sheriddin Boboev: Muxlislik qiladi – O'zbekiston; Favorit hisoblaydi – Fransiya, Portugaliya.
Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi o'zaro sport birdamligi Tojikiston terma jamoasi vakillarining O'zbekistonga bildirayotgan iliq munosabatida ham o'z aksini topmoqda.



