Ronalduning o'g'li dubl qayd etib, "Al Nassr"ga "Al Ahli" ustidan g'alaba keltirdi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2026, 15:10
"Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronalduning o'g'li – kichik Krishtianu Ronaldu 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida "Al Ahli"ga qarshi bahsda o'smirlar jamoasi safida dubl qayd etdi.

4-tur uchrashuvi 20 sentyabr kuni Ar-Riyoddagi "Al Nassr”ning zaxira stadionida bo'lib o'tdi. 16 yoshli kichik Ronaldu ikkita to'p kiritib, jamoasiga g'alaba qozonishda yordam berdi.

Futbolchi gollardan birini otasining uslubida ijro etgan holda nishonladi.

Kichik Ronaldu "Al Nassr"ning yoshlar jamoalarida to'p tepadi. U ushbu mavsum jamoaning 17 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat tarkibida o'ynamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Al Jazeera