Ronaldu Junior "Real" akademiyasiga qo'shilishi mumkin, u U16 jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2026
Krishtianu Ronalduning o'g'li "Real" akademiyasiga qo'shilishi mumkin.

Krishtianu Ronalduning o'g'li "Real"ning 16 yoshgacha bo'lgan futbolchilardan iborat jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazdi. 15 yoshli Krishtianu Ronaldu Junior yaqin kelajakda Madrid klubi akademiyasiga qo'shilishi mumkin, deb yozadi The Athletic. Hozirda u "Al Nassr" yoshlar jamoasida o'ynamoqda, uning otasi esa Saudiya klubining asosiy tarkibida to'p suradi.

Ronaldu "Real"da 2009 yildan 2018 yilgacha o'ynagan. Ispaniya klubi tarkibida u barcha turnirlarda 438 ta o'yin o'tkazib, 450 ta gol urgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Athletic