“Manchester Siti” 22 yoshli braziliyalik hujumchining transferi bo'yicha kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
25 avg 2026, 14:20
“Manchester Siti” “Palmeyras” hujumchisi Allan Elias bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Bu haqda “The Athletic” muxbiri Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

3.jpg

Klublar transfer bo'yicha o'zaro kelishib olishdi. Transfer summasi 37,5 million evroni tashkil etadi. Yana 2,5 million evro bonus sifatida ko'zda tutilgan.

Biroq ”Manchester Siti” 22 yoshli braziliyalik futbolchi bilan bitim muddatini hali muhokama qilmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi “Tottenxem”ga 93,3+5,7 million evro evaziga o'tish arafasida turgan Savino o'rnini egallaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC