"Rizespor" matbuot xizmati Husniddin Aliqulov holati bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi

16 okt 2026, 08:30
"Rizespor" matbuot xizmati jamoaning jarohatlangan futbolchilarining qachon safga qaytishi borasida rasmiy ma'lumot berdi.

Husniddin Aliqulov allaqachon jamoa bilan mashg'ulot olib bormoqda. Biroq qachon rasmiy uchrashuvda maydonga tushishi borasida aniq ma'lumot yo'q.

"Old xochsimon bog'lam, menisk va ichki yon bog'lam jarohatlari sababli 7,5 oy oldin muvaffaqiyatli operaciyani boshdan kechirgan Husniddin Aliqulov bir qancha vaqtdan beri jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Biroq, atletik forma nuqtayi nazaridan o'yinchimiz hali rasmiy o'yinlarda maydonga tushish uchun kerakli jismoniy darajada emas deb baholandi", - deb xabar berilgan klub matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

O'xshash yangiliklar