"Paxtakor" "Riu Ave", "Rizespor" va "Kayserispor" bilan deyarli bir qatorda - IFFHS

Sherzod Nurmatov
18 dek 2025
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) 2025 yilning eng yaxshi klublaridan iborat reytingni shakllantirdi.

Ro'yxatda 585 ochko bilan PSJ yetakchilik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda "Real" (534) va "Chelsi" (483) qayd etilgan.


E'tiborlisi, top-400da O'zbekistonning "Paxtakor" jamoasi joy egallagan. "Sherlar" 67,75 ochko bilan 388-pog'onani band etib turibdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: IFFHS