Karpin Kannavaro uning ismini eslay olmaganiga munosabat bildirdi

Iskandarov Abdulaziz
12 noya 2026, 09:30
Rossiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin O'zbekiston terma jamoasi ustozi Fabio Kannavaro uning ismi va familiyasini eslay olmaganiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Kannavaro Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi oldidan bergan intervyusida raqib jamoa bosh murabbiyi yaxshi futbolchi bo'lganini takidlagan, biroq uning ismi va familiyasini eslashga qiynalgan edi.

Rossiyalik jurnalistlar Karpindan mazkur holatga munosabat bildirishini so'rashdi.

“Eslay olmagan bo'lsa, eslay olmabdi-da”, – dedi Karpin kulimsirab.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bugun, 12 noyabr kuni Toshkentdagi “Paxtakor” markaziy stadionida bo'lib o'tadi. Bahs soat 20:00 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia