Reda Hani: "Mazkur bellashuv O'zbekistondagi singari bizning murabbiy uchun ham birinchisi edi"

Sherzod Nurmatov
10 okt 2025, 12:05
O'zbekistonga qarshi o'rtoqlik o'yinidan so'ng (0:2) Kuvayt terma jamoasi yarim himoyachisi Reda Hani Championat.asia saytiga intervyu berdi.

"Garchi natija biz kutgandek bo'lmasa-da, yaxshi o'yin o'tkazdik. Murabbiyning o'z g'oyalari bor va biz ularni amalga oshirishga harakat qildik. Mazkur bellashuv O'zbekistondagi singari bizning murabbiy uchun ham Kuvayt termasidagi dastlabki o'yin edi. Oldinda bizni yana bir o'rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi va uni muvaffaqiyatli o'tkazishga harakat qilamiz", – dedi 29 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Kuvayt terma jamoalari bosh murabbiylari – Fabio Kannavaro va Elio Souza yangi ish joylaridagi debyutlarini o'tkazdi. 

O'zbekiston terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini Urugvayga qarshi o'tkazsa, Kuvayt Marokash Aga qarshi bahs olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia