"Yuventus" transfer oynasining so'nggi kunlarida Braim Diasni o'z safiga qo'shib olmoqchi

29 avg 2026, 13:02
Yarim himoyachi Braim Dias yozda "Real"ni tark etishi mumkin.

Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, "Yuventus" marokashlik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda. Turin klubi yarim himoyachining transferini rasmiylashtirish uchun “qaymoqranglilar” klub vakillari bilan allaqachon bog'landi.

Diasning transferi "Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spallettining shaxsiy istagidir. Biroq muammo shundaki, Braimning o'zi "Real"da qolish niyatida.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano