

Futbolchiga to'rtta klub davogarlik qilmoqda. "Manchester Yunayted”, "Manchester Siti”, "Liverpul” va “Real” vingerni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Transfer summasi 70 million evroga baholanmoqda.
Qayd etilishicha, Rafael Leau "rossoneri"lar Skudettoni "Inter"dagi raqiblari foydasiga boy berishidan norozi. "Milan" byudjetni muvozanatlash uchun bazi yetakchi futbolchilaridan xalos bo'lishga harakat qiladi.
Biroq, portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Massimiliano Allegri bilan janjallashmadi va avval xabar qilinganidek, "Barselona"ga taklif qilinmadi.



