

"Qaymoqranglilar" francuz xavbeki uchun 60 million evro ishlab olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, "Real" yarim himoyachisini o'z tarkibiga qo'shib olishga "Inter" va PSJ klublari qiziqish bildirmoqda. Bundan oldin Madrid klubi Kamavingani Rodri transferining bir qismiga aylantirish uchun uning xizmatlarini "Manchester Siti"ga ham taklif qilgan edi.
O'tgan mavsumda Kamavinga "Real" tarkibida barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchini 50 million evroga baholamoqda. Madrid klubi mavsumni sovrinsiz yakunladi.



